Kontent qismiga oʻtish

Qovurgʻa

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Qovurg'adan yoʻnaltirildi)

Qovurgʻa — umurtqa pogʻonasi bilan birikkan, yoysimon qayrilgan juft suyaklar. Sudralib yuruvchilar, qushlar, sut emizuvchilar va odamda toʻsh suyagi bilan birlashib, koʻkrak qafasini tashkil etadi. Q.larga muskullar birikkan boʻlib, u nafas olish va chiqarishda qoʻkrak qafasining kengayib-torayib turishiga imkon beradi.

Odamda XII juft Q. bor. Har qaysi Q. ikki qismdan, yaʼni orqa qismi suyak va oldingi qismi togʻaydan tuzilgan. Q.ning orqa qismi boylamlar yordamida koʻkrak umurtqalariga tutashadi. Suyak qismi uzun, kambar, yoysimon qayrilgan plastinkaga oʻxshash. [—VII juft Q. (chin qovurgʻalar) togʻay qismi orqali bevosita toʻsh suyagiga birikadi. VIII—IX—X juft Q.ning (soxta Q.) oldingi qismlari bevosita toʻsh suyagiga yopishmasdan, oʻzidan yuqorida joylashgan VII qovurgʻaning togʻayiga tutashadi. Qolgan XI—XII juft q. togʻaylari hech qayerga birikmay, qorin muskullari orasida erkin joylashgan, shu sababli u juda harakatchandir; ularni yetim Q.lar deyiladi. Q.larning oldingi, orqa uchlari va bularning oraliq qismi, tanasi bor. Koʻpchilik Q. ichki yuzasining pastki chekkasiga yaqin joyida, Q. egatchasi boʻlib, unda qon tomirlar va nerv tolalari joylashadi. Q.larning shakli va uzunligi koʻkrak qafasining tuzilishiga va shakliga bogʻliq; ularning uzunligi 1-Q.dan 7-Q.gacha ortib borib, 8-Q.dan oxirgi 12-Q. gacha qisqarib kamayadi.