Kontent qismiga oʻtish

Qudratli toʻda

Vikipediya, erkin ensiklopediya
(Qudratli to'dadan yoʻnaltirildi)

"QUDRATLI TOʻDA", "Yangi rus musiqa maktabi" — 1850—70 yillarda M.Balakirev, A.Borodin, S.Kyun, M.Musorgskiy, N.Rimskiy-Korsakov va boshqalarning hamkorligi natijasida yuzaga kelgan ijodiy yoʻnalish, kompozitorlar uyushmasi. "Qudratli toʻda" aʼzolari musiqada xalqchillik, milliy uslub, gʻoyaviylik uchun kurashgan, M.Glinka va A.Dargomijskiy anʼanalari hamda Gʻarbiy Yevropa sanʼati yutuqlarini rivojlantirib opera, simfonik musiqa, qoʻshiq va romans, kamer musiqa sohalarida samarali ijod qilishgan. Ular rus va boshqa xalq musiqa ijodi namunalaridan keng foydalanib, ularni qayta ishlagan, asarlariga kiritgan. Sharq mavzulariga murojaat qilib, musiqiy oriyentalizm sohasida ham jahonshumul asarlar yaratishgan (Borodinning "Knyaz Igor" operasi, "Oʻrta Osiyo" simfonik manzarasi, Rimskiykorsakovning "Shahrizoda" syuitasi va boshqalar). "Qudratli toʻda" vakillari ijodi, ayniqsa, xalq kuylarini qayta ishlash sohasidagi yutuqlari rus va jahon musiqa sanʼati (jumladan, Oʻzbekiston kompozitorlik maktabi shakllanishi)ga katta taʼsir koʻrsatdi.