Kontent qismiga oʻtish

Ipak kurti tuxumi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Qurt tuxumdan yoʻnaltirildi)

Ipak qurti tuxumi, qurt tuxum — ipak kurti kapalaklari tuxumi. Tuxum ipak qurti tuxumdonida shakllana borib, asosan, gʻumbak organizmida rivojlanadi. Ipak kurti tuxumi loviya shaklida, yarim tiniq qobiq (poʻchoq)qa oʻralgan. Kobikda juda koʻp mayda teshikchalar boʻlib, ular orqali embrion nafas oladi. Yangi qoʻyilgan tuxumning rangi och sariq boʻlib, 2—3 kecha-kunduz davomida och sariq rangdan pushti rangga, soʻngra qizgʻish-qoʻngʻir rangga va nixryat, boʻzkulrang tusga kiradi. Tuxum rangining bunday oʻzgarib turishi uning oʻsib rivojlanayotganligi, hayot jarayonlarining davom etayotgani belgisidir. Tuxum xorion deb ataladigan qattiq qobiq (poʻstloq) bilan qoplangan, qobiqning qalinligi ipak qurti zotlariga qarab 20—60 mikron boʻladi. Tuxumning uchki tomonidagi maxsus quvurcha (mikropil naycha deb ham ataladi) orqali tuxum ichiga spermatozoid kiradi.

Otalanmagan (erkak kapalak bilan qoʻshilmagan) tuxumlarning rangi sariq boʻladi, keyinroq borib bu tuxumlar qurib qoladi. Tuxumlarning vazni ipak qurtining zotiga, tuxum tashlash muddatiga, voltinligiga, yaʼni bir yilda nechta avlod berishiga va qurt boqish sharoitiga bogʻliqdir. Yuksak agrotexnika qoidalariga rioya qilinib boqilgan ipak qurti tuxumlarining boʻyi 1,4—1,5 mm, eni 1,1 — 1,2 mm, massasi esa 0,525—0,670 mg ga yaqin boʻladi. Solishtirma ogʻirligi 1,08 g. 1500—2000 tuxum 1 g keladi. Oʻzbekistonda ipak qurti zoti va duragaylari bir quti tuxumlari vazni 29 g (ayrim mamlakatlar, mas, Rossiyada 25 g) qilib belgilangan. Urugʻlangan tuxumda 2—3 kunda embrion va pigmentli seroz qobiq (parda) hosil boʻladi, bunda tuxum koʻkish-kulrang tusga kiradi (urugʻlanmagan tuxum oqishligicha qolib qovjiraydi). Embrionning diapauza davri 2 bosqichda oʻtadi: 1-bosqichda embrionning (yoz va kuz mobay-nida) nafas olishi susayib, unga haroratning ortishi taʼsir etmaydi; 2-bosqichda (qish va bahor mobaynida) embrionga qarorat taʼsir eta boshlab, uning nafas olishi kuchayadi, rivojlanish qobiliyati tiklanadi. Ipak qurti tuxumi bahorda tut bargi yetilishini hisobga olgan holda maxsus inkubatoriyalarda ochiriladi (qarang Ipak qurti tuxumi in~ kubatsiyasi). Takroriy qurt boqish uchun diapauzani bartaraf etish maqsadida tuxumga xlorid kislota eritmasi bilan ishlov beriladi.

Yoqubboy Akijikov![1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil