Quva budda ibodatxonasi
Quva budda iboddtxonasi (7-8 a.lar) — qad. Shahriston yodgorligining shim. tomonidagi rabod qismida bunyod etilgan ibodatxona. Arxeologik tekshirishlar natijasida shu aniqpandiki, 7-asr oxiri — 8-asr boshlarida Shahristonda uy-joy va aholi koʻpayib, undan tashq-aridagi hududni oʻzlashtirishga ehtiyoj tugʻilgan. Ushbu joyda 80 dan ortiq xona, 5 ta koʻcha va ular bilan bogʻliq markaziy maydon qazib ochilgan. Uning shimolida esa 7—8-asrlarda foydalanilgan budda ibodatxonasi qoddiqlari kavlab oʻrganilgan. Ibodatxona 2 ta katta zaldan iborat boʻlib, biri sigʻinish uchun, ikkinchisi ibodat qilishga moʻljallangan. 1xonada iloh (xudo)larga qurbonliklar (gul, meva-cheva va boshqalar) keltirilib, oʻrtadagi tagkurasiga qoʻyilgan va ibodat qiluvchilar aylanib chiqib ketishgan. Uning yongʻinasida asosiy ibodat bajariladigan xona boʻlib, uni yarmi saqtangan xolos. Kuchli yongʻin natijasida binolar va ulardagi buyumlar kuyib yoʻq boʻlib ketgan. Shunga qaramay, 2 otliq va ular yonidagi jangchilar haykallarining parchalari saqlangan. Haykallar. tasvirlar majmuasila yovuzlik ilohi Mara, yaxshilik ilohi va budda himoyachisi Shri-devi, Manjushra siymolari yaxshi saqlanmagan.
Quva budda iboddtxonasii. oʻzining meʼmoriy yechimi bilan Oʻrta Osiyedagi Budda inshootlaridan ayrim belgilariga koʻra bir oz farq qiladi. Xususan, Budda ibodatxonalariga xos va diniy marosim oʻtkazishda foydalanilgan ayrim meʼmoriy belgilar bunda uchramaydi. Quva budda iboddtxonasii. qurilishida koʻproq mavjud shart-sharoit va mahalliy qurilish anʼanasidan foydalanilgan. Yana bu yerdan topilgan haykallar tasvirlarida, ayniqsa, yuz tuzilishida bir oz boʻlsa-da, turkiylashgan qiyofa berishga harakat qilingan. Bu ibodatxona va topilmalar mutaxassislar tomonidan koʻplab tortishuvlarga sabab boʻldi. Bu inshoot budda dinidagi mustaqil oqim — vad-jrayana yoʻnalishiga taalluqli yagona yodgorlik deb talqin etilmoqda. Bu oqim koʻproq hinduizm taʼsirida boʻlib, Oʻrta Osiyoda faqat Quva budda iboddtxonasii.da kuzatilgan.
Quva budda iboddtxonasii. topilmalari Hindiston va Sharqiy Turkistonda aniqlangan materiallarga oʻxshashligi bilan, oʻrta asrlardagi madaniy-iqtisodiy aloqalarni yanada rivojlanganini, madaniyat va sanʼatni yuksalganini koʻrsatadi.
Adabiyot
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Bulatova V.A., Drevnyaya Kuva, T., 1972; Staviskiy B.Ya., Sudbi buddizma v Sredney Azii (po arxeologicheskim dannim), M., 1998.
Boqijon Matboboyev.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |