Kontent qismiga oʻtish

Radioaktiv qatorlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Radioaktiv oilalardan yoʻnaltirildi)

Radioaktiv qatorlar, radioaktiv oilalar — genetik bogʻlangan radioaktiv izotoplar guruhdari. Bu guruhlarda har bir keyingi izotop oʻzidan oldingi izotopning a yoki (3-parchalanishi natijasida hosil boʻladi. Har bir radioaktiv qator yarim yemirilish davri (T1/2)katta boʻlgan izotopdan boshlanib, turgʻun izotop bilan tugaydi.

Tabiatda 3 ta radiaktiv kator mavjudligi maʼlum. Bulardan biri uran qatori boʻlib, uning boshida uranning uzoq mavjud boʻluvchi izotopi 2381DT|/2=4,51109-yil) turadi, bu kator qoʻrgʻoshinning turgʻun izotopi 206Pb bilan tugaydi. Ikkinchisi toriy qatori boʻlib, uning boshida^TXT^^^IO10) turadi va soʻnggi mahsulot 2*R bilan tugaydi. Uchinchisi aktin iy qatori, aniqrogʻi, aktino uran qatori boʻlib, uning boshida aktinouran — uran izotopi 235i((T1/2=7,13108y) turadi va qator 207Pb bilan tugaydi. Avvalda maʼlum boʻlgan bu Radioaktiv qatorlarga yana 4-oila — neptuniy qatorini ham qoʻshish mumkin. Neptuniy qatori 237Np((T1/2=2,14106 ft.) dan boshlanib, 209Bi bilan tugaydi. 237Np quyidagi reaksiya natijasida hosil boʻladi: 238U(n, 2n) 237U p237 Np. Bu reaksiya kosmik nurlar tarkibidagi tezkor neytronlar bilan, 235U izotopning spontan boʻlinishida chiqadigan neytronlar bilan va tabiiy osradioaktiv moddalarning yemirilishida chiqadigan azarrachalar taʼsirida (a, p) hosil boʻladigan neytronlar bilan 238U izotopining bombardimon qilinishi natijasida sodir boʻladi. Neptuniy va uning qator aʼzolari tabiatda uchramaydi; ular, asosan, sunʼiy ravishda (yadro reaksiyalari yordamida) olinadi.

Radioaktiv qatorda massa sonining oʻzgarishiga azarrachaning chiqib ketishi sabab boʻladi. Agar radioaktiv katorga kiruvchi har bir yadro ozarracha chiqarsa, undagi zaryad (Z) 2 taga, massa soni (A) 4 taga kamayadi. rzarracha chiqqanda, Z 1 ta ortgan holda, A oʻzgarmay qoladi.

Tabiatda yarim yemirilish davri nisbatan kichik radioaktiv elementlar ham mavjud. Bular protaktiniy, aktiniy, radiy, fransiy, radon, astat va poloniy boʻlib, tabiatda kam uchraydi. Mas, tabiatda 1 t uranga 0,34 g 226Ra izotopi toʻgʻri keladi (T|/2=1600-yil). Ularning tabiatda mavjudligi Radioaktiv qatorlarga mansubligi bilan tushuntiriladi. Bu holat Radioaktiv qatorlar vaqt utishi bilan asriy muvozanatning yuzaga kelishiga bogʻliq. Bu muvozanat yuzaga kelganda izotopning hosil boʻlish tezligi uning parchalanish tezligiga teng boʻladi va shu sababli bu izotop miqdori vaqt oʻtishi bilan deyarli oʻzgarmaydi. Bunday muvozanatning qatorda yuzaga kelish vaqti qatorning eng uzoq mavjud boʻladigan aʼzosining 10 yarim yemirilishi davriga teng.

Radioaktiv qatorlar izotoplarining koʻpchiligi oʻziga xos nom va simvollarga ega. Mas, Th—230 izotopi ioniy (simvoli 10), Ro—214 radiy C’(RaC’), Ra—228 esa mezotoriy — 1 (MsTh,) deb ataladi.

Ad: Bekjonov R. B., Atom, yadro va zarralar, T., 1973.

Saidahmad Xoʻjayev.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil