Zahro Rahimboboyeva
Zahro Rahimboboyeva (1923.2.2, Andijon — 1992.7.3, Toshkent) — davlat va jamoat arbobi. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi (1983). Toshkent pedagogika institutini (1944), Moskvadagi Ijtimoiy fanlar akademiyasini (1954) tugatgan. Toshkent viloyati yoshlar tashkilotida yoʻriqchi, kotib (194247). Oʻzbekiston KP MK boʻlim mudiri (1947—50), kotibi (1950—51, 1956—63). Oʻzbekiston madaniyat vazirining 1oʻrinbosari (1954— 55), vaziri (196367, 198186). 196773-yillarda Xalqaro demokratik xotinqizlar federatsiyasi kotibi — SSSR vakili (qarorgohi Berlin shahrida); 1973—77 yillarda Hindistonda SSSR elchixonasining Favqulodda va Muxtor maslahatchielchisi; 1977—81 yillarda SSSR Tashqi ishlar vazirligida Boshqarma boshligʻining oʻrinbosari. Oʻzbekiston "Vatan" jamiyati Prezidiumining raisi (1986—92).[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |