Hamrobibi Rahimova
Hamrobibi Bozor qizi Rahimova 1896-yil Buxoro viloyati Vobkent tumanida dunyoga keldi. Sopol oʻyinchoqlar yasovchi kulol bo'lib elga tanildi. Qadimgi anʼanaviy mayda shakllar haykaltaroshligi namoyandasi bo'ldi. Rahimova Hamrobibi hunar (loydan oʻyinchoq xushtak — ushpulaklar tayyorlash, ularni oʻchoqda qizdirib pishitish, boʻyash)ni Shamsibibi kampirdan oʻrgangan. 1970—1975 yillar Oʻzbekiston Rassomlar uyushmasi Badiiy fondida, 1978—1079-yillar "Us to" birlashmasida usta Rahimova qadimgi xalq sanʼati uslubida ijod qildi, u yaratgan sodda va samimiy yumorli mazmun bilan boyitilgan oʻyinchoqlar (ot, fil, eshak, qoʻchqor, tovuq, toychoq, kiyik, qoʻzichoq) afsonaviy qush va hayvonlarning shakllaridan iborat boʻlib, xushtagi yon tomonida; oʻyinchoqlarning yuqori qismi tuxumning oqi qoʻshilgan sariq, qizil, yashil, koʻk rang boʻyoqlar bilan boʻyalib, chiziqlar bilan bezatilgan. Rahimova ishlaridan na'munalar respublika va xorijiy mamlakatlar muzeylari (jumladan, Luvr, Parij; "Faense" jahon keramika muzeyi, Italiya; Ermitaj, Sankt-Peterburg va boshqalar)da saqlanadi.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |