Kontent qismiga oʻtish

Sobir Rahmetov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Rahmetov Sobir Gʻafurovichdan yoʻnaltirildi)

Sobir Gʻafurovich Rahmetov (1952.19.12, Chimkent) — rangtasvir ustasi, Oʻzbekiston Badiiyot akadimyasi akademik (2003), Oʻzbekiston xalq rassomi (2000). Benkov nomidagi Respublika rassomlik bilim yurti (1973) va Sankt Peterburgdagi Repin nomidagi rangtasvir, haykaltaroshlik va meʼmorlik instituti (1979) ni tugatgan. 1979-yildan Uygʻur nomidagi Toshkent sanʼat instituti rangtasvir kafedrasida pedagog, 2003-yildan dotsent. R. ijodida yorqin boʻyoqlarni keng qoʻllaydi; asar qahramonlari, manzaralar harakat jarayonida koʻtarinki ruhda aniq va nozik tasvirlanadi; ayniqsa, manzara inson maʼnaviyati, uning ziddiyatlarga toʻla qalb kechinmalarini taʼsirchan ifodalashning oʻziga xos vositasiga aylanadi. "Shoir Gʻafur Gʻulom" (1986), "Haykaltarosh Azamat" (1987), "Bastakor Yunus Rajabiy" (1996), "Sulton Ahmad Mirzo" (2000), "Avtoportret" kabi portretlar, "Layli va Majnun" (1998), "Boysun" (1999), "Alpomish" (2002), "Xumson " (2002) va boshqa tarixiy va mavzuli kompozitsiyalar muallifi.

Rahmetov respublika va xalqaro koʻrgazmalar ishtirokchisi, asarlari respublika va Angliya, AQSH, Yaponiya, Turkiya, Germaniya kabi xorijiy mamlakatlar muzeylarida, xususiy toʻplamlarda saqlanadi.

  • Sobir Rahmetov (Katalog), T., 2000.[1]
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil