Kontent qismiga oʻtish

Hojiakbar Rahmonqulov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Rahmonqulov Hojiakbardan yoʻnaltirildi)
Hojiakbar Rahmonqulov
Tavalludi 9-fevral 1925-yil
Sayram tumani, Chimkent viloyati
Vafoti 17-iyul 2013-yil(2013-07-17)
(88 yoshda)
Istiqomat joylari OʻzSSR
Oʻzbekiston
Sohasi Huquqshunoslik
Taʼlimi Toshkent yuridik instituti
Mukofotlari Jasorat medali (1968)

Hojiakbar Rahmonqulov (kir. Ҳожиакбар Раҳмонқулов; 9-fevral, 1925, Chimkent viloyati Sayram tumani — 17-iyul, 2013) — huquqshunos olim, Oʻzbekiston Fanlar Akademiyasi akademigi (2000), Oʻzbekistonda xizmat ko'rsatgan fan arbobi (1990). Yuridik fanlari doktori (1970), Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi. Toshkent yuridik institutini tugatgan (1950). Oʻzbekiston Adliya vazirligi boshqarmasida katta taftishchi (1950-51, 1956-57). Oʻzbekiston Fanlar Akademiyasi Falsafa va huquq institutida aspirant, kichik ilmiy xodim, katta ilmiy xodim, shoʻʼba, boʻlim mudiri (1957—80, 1985—91), direktor (1991—97). Samarqand Davlat Universiteti kafedra mudiri (1980—85). Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devonida masʼul xodim (1991). Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirligi akademiyasida professor, 1999-yildan Toshkent yuridik institutida kafedra mudiri. „Jasorat“ medali bilan mukofotlangan (1994).

Hojiakbar Rahmonqulov 2013-yil 17-iyulida vafot etdi.[1][2]

  • Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 1-qismiga umumiy tavsif va sharxlar, Toshkent, 1997.
  • Oldisotdi shartnomasi, Toshkent, 2000.
  • Xususiy mulk va uning daxlsizligi, Toshkent, 2000.
  • Xalqaro xususiy huquq (darslik; hammualliflikda), Toshkent, 2002.
  1. „Академик Ҳожи-Акбар Раҳмонқулов“. OʻzA (2013-yil 17-iyul). 2013-yil 23-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 25-iyul.
  2. „Академик Ҳожиакбар Раҳмонқулов вафот этди“. Kun.uz (2013-yil 17-iyul). 2013-yil 23-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 25-iyul.