Kontent qismiga oʻtish

Boltaboy Rajabov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Rajabov Boltaboydan yoʻnaltirildi)

Rajabov Boltaboy (1878.20.2, Margʻilon yaqinidagi Shakar qishlogʻi — 1960.17.3, Margʻilon) — Oʻzbekiston xalq hofizi (1939). Tiniq va mayin ovoz sohibi. Ashula yoʻllarini dastlab bobosi Matxoliq hofiz, otasi Rajabboy, togʻasi Maksud hofizlardan, keyinchalik Hamroqul qori, Turgʻun sariq, Xolqora ota, Abu Baxriddin kabi ustoz sanʼatkorlardan oʻrgangan. 1920—30 yillarda Fargʻona vodiysida katta ashula ijrochisi sifatida tanilib, mazkur janr rivojiga katta hissa qoʻshgan va talqinchilik maktabini yaratgan. Fargʻona, Andijon, Namangan, Qoʻqon shaharlari va tumanlarida, Katta Fargʻona kanali (1939) va boshqa qurilishlarda madaniy xizmat qilgan. Repertuaridagi 150 dan ziyod xalq qoʻshiq, yalla va ashulalari, ayniqsa, ashulalar ("Kelibman", "Ey sanam", "Xayrul bashar", "Judo qilma", "Shoyad", "Oh kim", "Boʻston", "Bu gulshan") taʼsirchan ohangda, jozibali yangragan. Mamatbuva hofiz, J. Sultonov, M. Uzoqov kabi hofizlarga ustozlik qilgan[1].

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil