Kontent qismiga oʻtish

Sharif Ramazonov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Ramazonov Sharif Abdullayevichdan yoʻnaltirildi)

Sharif Abdullayevich Ramazonov (1910.16.6, Xiva tumani Gandimiyon qishlogʻi — 2002.3.7, Toshkent) — kompozitor, pedagog. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1952), Oʻzbekiston xalq artisti (1970). Urush qatnashchisi (1941—45). Samarqand musiqa va xoreografiya institutini tugatgan (1930). 1933-54 yillarda Toshkent, Urganch va Namangan musiqali teatrlarida dirijyor va badiiy rahbar, ayni paytda Xorazm (193638) va Namangan (1948—54) viloyatlari madaniyat boshqarmasi boshligʻi. Oʻzbekiston davlat estrada teatri badiiy rahbari (1954—58), Oʻzbekiston estrada orkestri tashkilotchisi va badiiy rahbari (1958—60), Toshkentdagi 1son musiqa maktabi direktori (1960—87). "Xolisxon" (Majidiy, 1936), "Shohsanam" (S. Abdulla, 1938), "Asl farzand" (A. Ahmadiy, 1947), ""Hayot chaqirigʻi" (S. Abdulla, 1958) va boshqa musiqali dramalarning musiqasi, "Serquyosh Oʻzbekiston", "Xorazmcha" kabi simfonik syuitalar, "Mard paxtakorlar" kantatasi, "Mirzachoʻl" uvertyurasi va boshqa asarlar muallifi. Shuningdek, uning ijodida qoʻshiq katta oʻrin tutadi: "Intizorman", "Shax/io koʻzim", "Yor kelur", "Dilrabo", "Oʻzbekiston" va boshqa Oʻzbek xalq qoʻshiqlarini estrada uslubida qayta ishlagan ("Namanganning olmasi", "Ey, mehribonim" va boshqalar).[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil