Kontent qismiga oʻtish

Jean-Philippe Rameau

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Ramo Jan Filippdan yoʻnaltirildi)
Jean-Philippe Rameau
Tavalludi 25-sentyabr 1683
Vafoti 12-sentyabr 1764
Fuqaroligi Kingdom of France

Jean-Philippe Rameau (talaffuzi: Jan-Filipp Ramo; 1683.25.9, Dijon 1764.12.9, Parij) — fransuz kompozitori va musiqashunos. Zamonaviy garmoniya nazariyasining asoschisi ("Garmoniya haqida traktat", 1722; "Garmoniyaning kelib chiqishi", 1750 va boshqalar). Kompozitorlik ijodida fransuz (J.B.Lyulli) va italyan (A.Vivaldi, D.Skarlatti) musiqa yutuqlarini mujassam etib, klassik musiqa uslubini shakllanishiga muhim hissa qoʻshgan. Klavesin uchun pyesalarda qad. (allemanda, kuranta kabi) va zamonaviy (menuet va boshqalar) bal raqslarini hamda milliy (rigodon, tamburin) raqs kuylarini nozik did va yuksak mahorat bilan qayta ishlagan. R.ning opera (lirik tragediyalar), operabalet va baletlari fransuz musiqali teatrida butun bir davrni tashkil etib, K.V. /l/okning opera janri islohotiga zamin yaratgan. Bularning ayrimlari ("Nazokatli Hindiston", 1735; "Zoroastr", 1749 va boshqalar)da Sharq mavzulariga murojaat etgan. Bir necha kantata, motet, cholgʻu ansambl va boshqa asarlarni yozgan.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil