Kontent qismiga oʻtish

Rafael Santi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Raphaeldan yoʻnaltirildi)
Rafael, avto-portret

Rafael (Raffaello Sanzio, Raffaello Santi, Raffaello de Urbino yoki Rafael Sanzio de Urbino) , (6 aprel 1483 - 6 aprel 1520)mashhur Italiyalik rassom va me'mor. Mikelanjelo va Da Vinchi bilan Renessans davrining muhim uchligini tashkil qilganlar.

1483-yil 6 aprelda Italiyaning Urbino shahrida tug'ilgan. Rassomlikni 16 yoshida, “Havoning yaratilishi” va “Trinite” asarlai bilan boshlagan. Rafaelning otasi - Giovanni Santi ham Urbinoda rassomlik bilan shug'ullanar edi. 1494-yil otasi vafot etgach, Rafael tashqi bog'lantilardan kesilib, uyida ishlashni davom ettiradi.

Maryamning nikohi(1504)

Rafaelning Urbinodagi asarlarida Melozzo de Forli, Piero della Francesca va eng koʻp Pietro Peruginoning tarzi sezilar edi. Ayniqsa 1503-yilda bitirgan “Coronation of Virgin - Toj kiyish” asarida Peruginoning tasiri ko'rinar edi. Buning eng asosiy sababi, Florensiyaga ketishdan oldin, Perudjada Pietro Peruginodan ta'lim olganidir. Peruginoning bu tasiri ostida chizgan eng ohirgi asari "Maryamning nikohi - Marriage of the virgin" asaridir. Bu rasmidan keyin Perugino tarzidan chiqishni boshlagan.


Rafael Florensiyaga borgach, o'z tarziga Leonardo da Vinchi va Michelanjelo tasirlari ostida yangiliklar kiritdi. Florensiyada 1508-yilgacha chizgan asarlari “Sistine Madonne” “La Belle Jandinière”, “Madonna of the Chair” va “Entombmeut”dir.

Rafaello Rimda Papa Yuliy II ning qo'lida ishladi. Birinchi qilgan ishi Papaning kutubhonasini yasatish bo'ldi. Teologik, Falsafiy va Lirik mavzularida chizgan rasmlari aniq, bir butun mazmunga ega edilar. 1514-yilda Papa Leo X ning buyrug'i bilan Havoriy Peter Soborida bosh me'morlik qildi.

37-tug'ilgan kunida 1520-yilda Rimda vafot etti.