Kontent qismiga oʻtish

Tursunboy Rashidov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Rashidov Tursunboydan yoʻnaltirildi)

Tursunboy Rashidov (27.5.1934, Toshkent — 7.10.2020) — mexanika sohasidagi olim, Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi akademik (1984), Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1977). Oʻrta Osiyo universitetini tugatgan (1956). Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Mexanika va inshootlarning seysmik mustaxkamligi institutida ilmiy xodim (1959), sektor mudiri (1963—66), direktor oʻrinbosari (1966), direktor (1966—74), Toshkent toʻqimachilik va yengil sanoat institutida rektor (1974—79). Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Prezidiumi Mexanika va boshqarish jarayonlari boʻlimi akad.kotibi (1979—84), Prezidiumning Bosh ilmiy kotibi (1984—85), akademiyaning vitse-prezidenta (1985—92), Fanlar akademiyasi Prezidiumi Mexanika, boshqaruv jarayonlari va informatika boʻlimi raisi (1992—94), Mexanika va inshootlarning seysmik mustahkamligi institutida boʻlim boshligʻi (1984-yildan). Ilmiy ishlari konstruksiyalar va inshootlarning seysmik mustahkamligi hamda seysmodinamikasiga doir. Toshkent hududining seysmik mikrohududlashtirilgan haritasini tuzishda, Toshkent metropoliteni zilzilabardoshligini aniqlash va qurilishga tatbiq qilishda faol qatnashgan. Beruniy nomidagi Oʻzbekiston davlat mukofoti laureati (1983).

  • Yer osti quvurlarining zilzilabardoshligi, T., 1985 (hamkorlikda); Nazariy mexanika asoslari (hamkorlikda); T., 1990; Seysmostoykost tonnelnix konstruksiy metropolitena melkogo zalojeniya, T., 1993 (hamkorlikda).