Kontent qismiga oʻtish

Botir Rasulov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Rasulov Botirdan yoʻnaltirildi)

Botir Rasulov (1948.30.4, Toshkent viloyati Yangiyoʻl shahri) – dirijyor, sozanda (gʻijjak). Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1987). Toshkent konservatoriyasini gʻijjak ijrochiligi (1971) hamda operasimfonik dirijyorligi (1979) ixtisosliklari buyicha tugatgan. Oʻzbek davlat filarmoniyasida sozanda (1971—74), Madaniyat institutida oʻqituvchi (1974— 79), Toshkent operetta teatrida dirijyor, bosh dirijyor va badiiy rahbar (1979-yildan), ayni paytda Oʻzbekiston davlat konservatoriyasida oʻqituvchi (1979-yildan), dotsent (2001-yildan), Oʻzteleradiokompaniyaning Doni Zokirov nomidagi xalq cholgʻulari orkestrining bosh dirijyori va badiiy rahbari (2000—2002). Dirijyor repertuaridan L.Betxoven, G.Berlioz, P.Chaykovskiy, I.Brams, M.Tojiyev, M.Mahmudov va boshqa kompozitorlar asarlari oʻrin olgan. R. oʻzbek kompozitorlari (S.Yudakov, Gʻ.Qodirov, F.Nazarov va boshqalar) hamda jahon mumtoz (I.Brams, P.Sarasate, N.Paganini) asarlarini gʻijjakda ijro etib grammplastinkaga yozdirgan.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil