Kontent qismiga oʻtish

Maurice Ravel

Vikipediya, erkin ensiklopediya
(Ravel Moris Jozefdan yoʻnaltirildi)
Maurice Ravel
Tavalludi 7-mart 1875[1]
Vafoti 28-dekabr 1937
Fuqaroligi Fransiya
Otasi Pierre-Joseph Ravel[1]
Onasi Marie Ravel[1]
slender
Ravel (1925)

Maurice Joseph Ravel (talaffuzi: Moris Jozef Ravel; 1875.7.3, Fransiyadagi Sibur sh. — 1937.28.12, Parij) — fransuz kompozitori. Parij konservatoriyasini tugatgan (1905). Ijodida dastlab musiqiy impressionizm, 1917-yildan neoklassitsizm tamoyillarini rivojlantirgan. Asarlari koloritining boyligi, shakl va ritmlar ravshanligi, mavzular xalq (ayniqsa, ispan) kuylariga yaqinligi bilan ajralib turadi. "Suv oʻyini", "Aks tasvirlar", "Kechki Gaspar" (1905—08) asarlarida yangi fortepiano uslubini kashf etgan. Raqs kuylariga izchil murojaat qilib xoreografik simfoniya ("Dafnis va Xloya" baleti, 1911), xoreografik poema ("Vals", simfonik orkestr uchun, 1920) janrlarini yaratgan. 2 opera, 3 balet, 2 fortepiano konserti, simfonik, vokalsimfonik va kamer asarlar muallifi. "Bolero" (1928) fransuz simfonizmi choʻqqisidir. Uning musiqasi asosida Navoiy teatrida balet sahnallashtirilgan (1960). R. anʼanalari Oʻzbekiston kompozitorlari (A. Kozlovskiy, G. Mushel va boshqalar) ijodiga katta taʼsir etgan, S. Karimxoʻjayev "Ravel xotirasiga" nomli xoreografik poema (1974) yaratgan.[2]

  1. 1,0 1,1 1,2 (unspecified title)
  2. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil