Gulnora Ravshanova
Gulnora Hasanovna Ravshanova (1946.26.5, Termiz shahri) — Oʻzbekiston xalq artisti (2004). Termiz davlat pedagogika institutini tugatgan (1975). Xadicha Boboxonovanint qizi. 1963-yildan Surxondaryo viloyat musiqali drama teatrida aktrisa. R. oʻz ijodi davomida lirik, dramatik, komik kabi turli xarakterdagi obrazlar yaratdi: Maysara (Hamza, "Maysaraning ishi"), Nurxon (K.Yashin, "Nurxon"), Ledi Milford (Shiller, "Makr va muhabbat"), Saodat (E.Vohidov, "Istambul fojiasi"). Sotti (S.Ahmad, "Kelinlar qoʻzgʻoloni"), Bibi (Sh.Pardayev, "Osmonsiz uy"), Toʻlgʻanoy (Ch.Aytmatov, "Momo yer"), Bibixonim va Ona turk (Q.Abdunabiyev, "Amir Temur va Yildirim Boyazid"), Kuntugʻmishbeka (U.Azim, "Atpomishning qaytishi"), Malika (X.Xursandov, "Oʻlding aziz boʻlding") va boshqa.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |