Kontent qismiga oʻtish

Stepan Razin

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Razin Stepan Timofeyevichdan yoʻnaltirildi)

Razin Stepan Timofeyevich (taxminan 1630—71) — Rossiyada dehqonlar urushi (1670—71) rahbari, Don kazagi. 1662—63 yillarda Don atamani, qrim tatarlar va turklar bilan kurashgan. 1667-yil kambagʻal kazaklar otryadi bilan Volga va Yoyiqqa, 1668—69 yillarda Kaspiy dengizi orqali Eronga harbiy yurishlar uyushtirgan. 1670-yil bahorida dehqonlar urushiga rahbar boʻlgan. Kazak starshinasi (oqsoqoli) tomonidan chor hukumatiga xoinona tutib berilgan. Moskvada qatl etilgan (yana qarang Razin qoʻzgʻoloni).[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil