Reaktiv kuch
Qiyofa
(Reaktiv tortish kuchidan yoʻnaltirildi)
Reaktiv kuch, reaktiv tortish kuchi — reaktiv dvigatel soplosidan chiqayotgan gaz oqimining reaksiya (itarish) kuchi. Reaktiv kuch dvigatelning ichki va tashqi sirtiga taʼsir qilayotgan kuchlarning teng taʼsir etuvchisi hisoblanadi. Dvigatel tashqi sirtining har bir elementi (dS yuzasi)da atmosfera bosimi, ichida esa atmosfera bosimiga nisbatan katta boʻlgan dvigatel ish jismi (gaz)ning bosimi mavjud. Reaktiv kuch soplo oʻki boʻylab, gaz oqimining tezlik vektoriga qarama-qarshi yoʻnalgan boʻladi. Reaktiv kuchdan texnikada, xususan, kosmonavtikada keng foydalaniladi.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |