Kontent qismiga oʻtish

Rebinder effekti

Vikipediya, erkin ensiklopediya
(Rebinder Effektidan yoʻnaltirildi)

Rebinder effekti — qattiq sathda sirt faol moddalar (SFM)ning oʻz-oʻzidan adsorbsiyalanib, satxda erkin energiyani kamaytirishi va ayni vaqtda oʻzida qattiq jism mustahkamligini pasaytirishi. Qattiq jism mustahkamligining adsorbsion pasayishi rus fizik kimyogari P. A. Rebinder tomonidan 1928-yilda kashf etilgan. Bu effekt korroziya, qattiq moddaning erishi va boshqa hodisalarga aloqador boʻlmay, faqat SFM adsorbsiyasi bilan bogʻliqdir. Dastlab gips, grafit, bariy karbonat, kalsiy monokristallari kabi ayrim anorganik kristall moddalarning mustahkamligi SFM (olein va moy kislotalari, propil va boshqa spirtlar) eritmasida pasayishi kuzatilgan. Qattiqjism mustahkamligining adsorbsion pasayishi zaminida fazalar chegarasidagi sirt taranglikning kamayishi yotadi. Bunda SFMning qattiq jismning ichki sathidagi mikrogʻovaklarda, tirqishlarda adsorbsiyalanishi va SFM eritmasining yorilayotgan tirqishning ichichiga kirib (migratsiya), jarayonni davom ettirishi kuzatiladi. Rebinder effekti natijasida qattiq jismning deformatsiyasi va buzilishi osonlashadi. Rebinder effekti sement sanoatida, un tayyorlashda, qattiq jismlarni maydalash, kesish bilan bogʻliq barcha jarayonlarda, yaʼni dispers sistemalarning struktura mexanik xossalarini boshqarishda qoʻllanadi.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil