Kontent qismiga oʻtish

Reysmas

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Reysmusdan yoʻnaltirildi)

Reysmas, reysmus (nem. reipen — chizmoq va sar — oʻlchov) — yogʻoch yoki metall detallar tayyorlash uchun zagotovkalarni rejalashda qoʻllaniladigan chizmachilik asbobi. Metallarga ishlov berishda R. masshtabli chizgʻichdan zagotovkaga oʻlchamlarni koʻchirish, reja chiziqlari chizish, chizikli oʻlchamlarni oʻlchash uchun ishlatiladi. Bunday R. chizgʻich mahkamlanadigan qisqichli ustuncha (stoyka) dan iborat. R. yordamida rejalashni tezlashtirish va anikligini oshirish uchun shtangenreysmasdan foydalaniladi. Duradgorlikda ishlatiladigan R. 2 ta bir-biriga parallel qismlari boʻlgan qolipdan iborat. Bu qismlar ning bir uchida reja chiziklari chizish uchun chizgʻichlar boʻladi.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil