Kontent qismiga oʻtish

Soʻrilish

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Rezorbsiyadan yoʻnaltirildi)

Soʻrilish, rezorbsiya — turli moddalarning hujayra elementlari orqali qon va limfaga oʻtishi. Ovqat hazm qilish yoʻlida (asosan, ichaqda), shuningdek, oʻpka, plevra, bachadon boʻshligʻida, qovuqda, teri yuzasi va boshqalarda sodir boʻladi. Suv, tuz va baʼzi moddalar (glyukoza, vitaminlar) deyarli oʻzgarishsiz, koʻpchilik ovqat moddalari fermentlar taʼsirida epiteliy qavatidan oson oʻtadigan oddiy birikmalarga aylangandan soʻng soʻriladi. S.da moddalar fizik jarayonlar (diffuziya va hokazo) natijasida harakatlanadi. Soʻrilgan moddalar barcha organ hamda toʻqimalarga tarqalib, energiya hosil boʻlishi va harakatlanish jarayonida sarflanadi. S. murakkab fiziologik jarayon; odam va yuksak haivonlar ovqat hazm qilish ioʻlida S. ichak vorsinka (oʻsimta)lari hamda mikrovorsinkalar orqali yuz beradi. Uglevodlarning monosaharidga, oqsillarning aminokislotaga parchalanib soʻrilishi forforillash jarayoniga imkon beradi. Yogʻlar oldin diva monoglitseridlarga, keyin glitserin hamda yogʻ kislotalariga parchalanib soʻriladi. S. nerv hamda gumoralgormonal mexanizm orqali boshqariladi. S.ning buzilishi baʼzi ferment va S.da ishtirok etadigan ayrim oʻtkazuvchilarning yetishmasligi sababli roʻy beradi, goho irsiy xususiyatga ega. Bu kamchiliklar organizmga ferment, vitamin, tuz va boshqa moddalarni kiritish yoʻli bilan bartaraf qilinadi.