Kontent qismiga oʻtish

Rixsi Moʻminova

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Rixsi Mo‘minovadan yoʻnaltirildi)
Rixsi Abdumoʻminovna Moʻminova
Tavalludi 12-iyun 1920-yil
Vafoti 2000-yil
Toshkent shahri, Oʻzbekiston
Fuqaroligi Oʻzbek
Taʼlimi Oxunboboyev nomidagi Toshkent tibbiyot bilim yurti
Kasbi Hamshira
Millati Oʻzbek
Turmush oʻrtogʻi Sobit Sobirov
Mukofotlari Florence Nightingale xalqaro mukofoti

Rixsi Abdumoʻminovna Moʻminova — (1920-yil 12-iyunda Toshkent shahrida tavallud topgan[1] — 2000-yil) oʻzbekistonlik hamshira Florence Nightingale xalqaro mukofoti sovrindori.

Rixsi Moʻminova Toshkent shahrida oddiy ishchi oilasida tavallud topgan[2][3]. Rixsi Moʻminova Toshkentdagi Oxunboboyev nomidagi Toshkent tibbiyot bilim yurtining feldsherlik yoʻnalishida taxsil olishni boshlagan vaqtida Sobiq Sovet tarkibiga kiruvchi davlatlar uchun Ulugʻ vatan urushi boshlanadi va bu janglarga Rixsi Moʻminovaning turmush oʻrtogʻi Sobit Sobirovni ham safarbar qilishadi.

Frontga yoʻl olish

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Rixsi Moʻminova koʻngilli boʻlib frontga borishga va u yerda yaradorlarga tibbiy yordam koʻrsatishga ahd qiladi va frontga olib ketishlari uchun ariza yozadi. Rixsi Moʻminovaning arizasi maʼqullangach Qizil Xoch jamiyatining qisqa hamshiralik kurslarida taxsil oladi. 1941-yil 28-noyabrda Rixsi Moʻminova 6 oylik chqalogʻini oʻz onasiga qoldirib frontga yoʻl oladi. Rixsi Moʻminova Stalingrad,Kiyev, Jitomir, Polsha, Belorussiya va boshqa frontlarda xizmat qilgan. Bir necha bor yaralangan va har safar tuzalib ketgandan soʻng, yana oddiy qoʻshinlarning oldingi chiziqlarida harakatni davom ettirgan[4].

Janglardagi ahvol

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Birinchi marta u Stalingrad yaqinida yaralangan. Oʻzi yarador boʻlib, yarador tank komandirni qutqarish uchun jon jahdini berib uni jang maydonidan olib chiqgan. Rixsi Moʻminova 1-Ukraina fronti qoʻshinlarida xizmat qilganida ikkinchi jarohatni olgan. Rixsi Moʻminova 1943-yil 7-noyabrda muhim temir yoʻl kesishmasi boʻlgan Fastov stantsiyasi va 13-noyabrda Jitomir shahrini fashistlardan ozod qilishda faol ishtirok etayotgandi. Jitomir uchun boʻlayotgan janglarda Rixsi Moʻminova tang brigadasi hamshirasi edi jang davomida yarador askarni urush boʻlayotgan maydondan nisbatan xafsiz joyga olib ketayotganida, uning yonida snaryad portlaydi va snaryad boʻlaklari uning chap oyogʻiga kirib jarohatlaydi, jarohatiga qaramay, u yarador askarni dushman olovidan xavfsiz joyga olib chiqishga muvaffaq boʻlgan. Biroz vaqt tibbiy yordam olgach Rixsi Moʻminova yana frontga qaytdi, xususan: 1944-yilda Polshani ozod qilishda qatnashgan tank diviziyasining tibbiy bataloniga hamshira etib tayinlandi. Ushbu janglarning birida u butun ekipajni yonayotgan tankdan chiqarib oldi va snaryad xosil qilgan chuqurlika tushirib ukarga birinchi tez tibbiy yordam koʻrsatdi. Yaradorlarga birinchi yordamni bergach yana boshqa yordamga muhtojlarga koʻmak berish uchun oldinga harakat qildi. Rixsi Moʻminova ushbu jangda qornnidan ogʻir yaralandi va 1946-yil oktabr oyigacha dastlab Moskvada keyinchalik Toshkentda yotib davolandi. U kasalxonadalik vaqtida Ulugʻ vatan urushi gʻalaba bilan yakunlandi.

Urushdan keyingi hayot

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Rixsi Moʻminova urushdan keyin ikkinchi guruh nogironi boʻlishiga qaramay tez tibbiy yordam stansiyasi dispetcheri hamda hamshira boʻlib ishladi. Oradan biroz vaqt oʻtib turmush oʻtogʻi urushdan qaytgach ularga Oqqoʻrgʻon tumanida ishlashni taklif qilishdi va ular Oqqoʻrgʻon tumaniga koʻchib oʻtishdi. Tinchlik davrida Rixsi Moʻminova odamlar hayoti va salomatligi uchun kurashdi.

Rixsi Moʻminova 2000-yil 79 yoshida Toshkent viloyati Oqqoʻrgʻon tumanida vafot etdi.

Ulugʻ vatan urushidagi jasorati uchun Qizil xoch va Qizil yarim oy qoʻmitasining qarori bilan Rixsi Moʻminova xalqaro Florence Nightingale mukofoti bilan tqdirlanadi. Bundan tashqari qorovul sanitariya instruktori serjant Rixsi Moʻminova bir qancha harbiy hukumat mukofotlari bilan taqdirlangan, jumladan:

Tinchlik davridagi fidoyi va harbiy mehnatlari uchun u quyidagi mukofotlarga sazovor boʻlgan:

  1. 1418museum.ru[sayt ishlamaydi]
  2. pamyat-naroda.su
  3. „iibb.uz“. 17-may 2022-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 20-iyun 2022-yil.
  4. sammler.ru
  5. pamyat-naroda.su