Kontent qismiga oʻtish

Svyatoslav Rixter

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Rixter Svyatoslav Teofilovichdan yoʻnaltirildi)

Svyatoslav Teofilovich Rixter (20-mart 1915, Jitomir — 1-avgust 1997, Moskva) — rus pianinochisi. Xalq artisti (1961), Mehnat Qahramoni (1975). 20-asr musiqa ijrochilik sanʼatining atokli namoyandasi, ulkan ijodiy qudrat, yorqin oʻziga xosligiga ega sanʼatkor.[1] Musiqadan ilk saboklarni otasidan olgan. Moskva konservatoriyasini tugatgan (1946). Ijodiga yuksak badiiy taʼsirchanlik, teran mazmundorlik va badiiy yaxlitlik xos. Nihoyatda keng repertuaridan mumtoz va 20-asr kompozitorlari asarlari oʻrin olgan. 1934-yilda ilk yakka konsert bergan. 60 yillik ijrochilik faoliyati davomida Yevropa, Osiyo (jumladan, bir necha marta Oʻzbekistonda ham), Amerika mamlakatlarida gastrolda boʻlgan. Davlat mukofoti (1950), Rossiya Davlat mukofoti (1995) laureati.[2]

  1. Jean-Pierre Thiollet, 88 notes pour piano solo, "Solo nec plus ultra", Neva Editions, 2015, p.50. ISBN 978 2 3505 5192 0.
  2. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil