Kontent qismiga oʻtish

Damir Roʻziboyev

Vikipediya, erkin ensiklopediya
(Ro'ziboyev Damir Solijonovichdan yoʻnaltirildi)

Damir Solijonovich Roʻziboyev (1939-yil 16-aprel, Samarqand) — haykaltarosh, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1985). Benkov nomidagi Respublika rassomlik bilim yurtini tugatgan (1959). Oʻzbekiston badiiy fondining kulollik zavodi (1959— 1961), Sanʼatshunoslik ilmiy tadqiqot instituti (1961—1965)da ishlagan; Oʻzbekiston Davlat sanʼat muzeyi direktori (1988— 1997). P. ijodiga oʻzbek badiiy merosining taʼsiri kuchli boʻlib, unda milliylik oʻziga xos tarzda namoyon boʻldi (Navoiy shahri aerovokzali binosi devorlarini bezagan relyeflar, 1985). R. portretlar (Beruniy siymosi tasvirlangan "Mutafakkir" asari, shamot, 1979; "Rassom V.Savitskiy", bronza, 1980 va boshqalar), xalq vakillari va turmushi tasvirlangan asarlar ("Buvi va nevara", shamot, 1975; "Sayramlik qiz", shamot, 1978 va boshqalar) muallifidir. Ramziy obrazlar (jumladan, "Navroʻz malikasi", 2001 va boshqalar) hamda Semurgʻ qush tasviri R. ijodida alohida oʻrin tutadi: "Toʻy" (shamot, 1977), "Xonanda" (shamot, 1982), "Musiqa" (bronza, 1988) va boshqa[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil