Sobirjon Roʻziyev

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Roʻziyev Sobirjon Sobitovichdan yoʻnaltirildi)
Sobirjon Roʻziyev
Shaxsiy maʼlumotlari
Jinsi Erkak
Tavallud paytidagi ismi Sobirjon Sobitovich Roʻziyev
Fuqaroligi SSSR / Oʻzbekiston
Tavallud sanasi 15-iyul 1953-yil (1953-07-15) (70 yosh)
Belovodskiy (Moskva tumani), Chuy (viloyat)
Boʻyi 183 cm (6 ft 0 in)
Vazni 74 kg
Sport
Qaysi sport Qilichbozlik
Klubi Qurolli Kuchlar (Toshkent)

Sobirjon Sobitovich Roʻziyev (1953.15.6, Qirgʻiziston, Moskva tumani) — qilichboz, xizmat koʻrsatgan sportchi (1978). Qilichbozlikning rapira turi boʻyicha 3 karra jahon chempioni (1974, Grenobl; 1979, Melburn; 1981, KlermonFerran), 3 marta jahon kubogi gʻolibi (1974, 1975, 1977, Bonn), 2 marta Jovanini kubogida gʻolib chiqqan (1974, Bolonya; 1979. Venetsiya), olimpiada kumush medali sovrindori (1980, Moskva). R. Oʻzbekiston jismoniy tarbiya institutini (1975), ToshDUning yuridik fakultetini (1986) tugatgan. Qurolli Kuchlar harbiy xizmatchisi (1974 —92). Oʻzbekiston Respublikasi Davlat jismoniy tarbiya va sport qoʻmitasi raisi (1992—95), Oʻzbekiston Respublikasi Milliy olimpiada qoʻmitasi prezidenti (1995—2003). Oʻzbekiston qilichbozlik federatsiyasi prezidenti (2003-yildan). R. Xalqaro Olimpiada qoʻmitasining kumush ordeni (1998), Milliy Olimpiada qoʻmitalari assotsiatsiyasi oltin ordeni (2002) bilan mukofotlangan.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]