Kontent qismiga oʻtish

Robiya Sulton Begim maqbarasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Robiya sulton begim maqbarasidan yoʻnaltirildi)

Robiya sulton begim maqbarasiTurkiston sh. (Qozogʻiston)dagi meʼmoriy yodgorlik (15-asr) Yassaviy majmuasi tarkibida. Ulugʻbekning qizi Robiya Sulton begimga atab qurilgan.

Ulugʻbekning qizi Robiya Sulton Begim 1451-yilda oʻzbek xoni Abulxayrxonga turmushga chiqqan. U Abulxayrxonning ikki oʻgʻlli, xonlar Koʻchkunji va Suyunchxoʻjaxonning onasi boʻlib, Turkistonda yashagan va 1485-yilda vafot etgan. Maqbara Kuchkunji-xon tomonidan barpo etilgan.

Maqbara tarhi 8 qirrali, bosh tarzidagi peshtoq boʻrttirib ishlangan. Ichki qismi ham 8 qirrali, uning har bir qirrasi ravokli tokchalarga boʻlingan. Robiya Sulton begimning marmar qabr toshi turli oʻyma naqsh va yozuvlar bilan bezatilgan. 1898-yilda maqbara butunlay buzib tashlangan. 1972—75 yillarda qayta tiklash va taʼmirlash ishlari olib borilgan.

  • Arxitekturniy kompleks Axmeda Yasavi, AlmaAta, 1988.[1]
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil