Rocha departamenti
Rocha departamenti Rocha | |
---|---|
33°56′0″S 54°0′0″W / 33.93333°S 54.00000°W | |
Mamlakat | Urugvay |
Maydon | 10,551 km2 (4,074 kv mi) |
Aholisi | 68,088 |
Vaqt mintaqasi | UTC-3 |
|
Rocha (ispancha talaffuzi: [ˈrotʃa]) – Urugvayning sharqiy qismida joylashgan departament. Poytaxti – Rocha shahri. Departament gʻarbda Maldonado departamenti, shimoli-gʻarbda Lavalleja departamenti, shimolda Treinta y Tres departamenti bilan chegaradosh. Rocha departamenti Cabo Polonio, Valizas, Santa Teresakabi tabiiy bogʻlariga ega. Shuningdek, hududdagi Punta del Diablo va La Esmeralda kabi plyaj kurortlari ham butun dunyoda mashhur boʻlib, yozgi taʼtil vaqtida bu yerlarga anchagina sayyohlar tashrif buyuradi.
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]1880-yil 7-iyulda Rocha departamenti Maldonado departamentidan alohida boʻlib ajralib chiqdi.
Aholisi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Rocha departamentining etnik guruhlari[1]. | ||||
---|---|---|---|---|
Etnik guruhlar | Foiz | |||
Oq tanlilar | 91.5% | |||
Qora tanlilar | 7.0% | |||
Hindular | 4.6% | |||
Osiyoliklar | 0.3% | |||
None/Boshqalar | 2.8% | |||
2011-yilgi aholini roʻyxatga olish maʼlumotlarida, Rocha departamentida 68,088 nafar aholi (33,269 erkak va 34,819 ayol) hamda 46,071 ta xonadon mavjud boʻlgani qayd etilgan.
2010-yildagi Rocha departamentining demografik koʻrsatkichlari[2]:
- Aholi oʻsish sur’ati: −0.082%
- Tugʻilish darajasi: 14.04 tugʻilish/1000 kishi
- Oʻlim darajasi: 10.44 oʻlim/1000 kishi
- Oʻrtacha yoshi: 35.0 (34.0 erkaklar, 36.0 ayollar)
- Tugʻilganda kutilayotgan umr koʻrish:
- Umumiy aholi uchun: 75.82 yosh
- Erkaklar uchun: 72.17 yosh
- Ayollar uchun: 79.43 yosh
- Bir xonadonning oʻrtacha daromadi: oyiga 19,978 peso
- Aholi jon boshiga shahar daromadi: oyiga 8,635 peso
Asosiy shahar va qishloqlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Shahar / Qishloq | Aholi soni |
---|---|
Rocha | 25,422 |
Chuy | 9,675 |
Castillos | 7,541 |
Lascano | 7,645 |
La Paloma | 3,495 |
Cebollatí | 1,609 |
La Aguada y Costa Azul | 1,090 |
Velázquez | 1,022 |
Boshqa shahar va qishloqlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Shahar / Qishloq | Aholi soni |
---|---|
18 de Julio | 977 |
Punta del Diablo | 823 |
San Luis al Medio | 598 |
La Coronilla | 510 |
Puimayen | 505 |
Jadval 2011-yilgi maʼlumotlar asosida tuzilgan[3].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Población por sexo y ascendencia étnico racial, según departamento.“ (es). National Institute of Statistics. 2020-yil 30-noyabrda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ „Uruguay en cifras“ (es) (PDF). INE (2011). Qaraldi: 2012-yil 25-oktyabr.
- ↑ „Censos 2011 Cuadros Rocha“. INE (2012). 2012-yil 10-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 25-avgust.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Official site of the Department of Rocha – About the Department
- INE map of Rocha Department
- Tourism in Uruguay, Rocha (Wayback Machine saytida 2010-10-04 sanasida arxivlangan)
- Nuestra Terra, Colección Los Departamentos, Vol.10 „Rocha“ (Wayback Machine saytida 2013-10-08 sanasida arxivlangan)