Gennadiy Romanovskiy
Qiyofa
(Romanovskiy Gennadiy Danilovichdan yoʻnaltirildi)
Gennadiy Danilovich Romanovskiy (1830.30.7 — Peterburg — 1906.5.5) — rus geologi. Oʻrta Osiyo geologiyasining ilk tadqiqotchilaridan. 1874-yil Oʻrta Osiyoga kelib, I. V. Mushketov bilan birga Oʻrta Osiyoning geologik tuzilishini oʻrgangan, stratigrafiyasini tavsiflagan. Kumir konlari bu yerda yura davriga mansubligini aniqladi. Fargʻona vodiysida neft konlari bilan birga rudali foydali qazilmalar ham mavjudligi haqida fikr bildirdi. R.ning Oʻrta Osiyo geologiyasiga tegishli tadqiqotlari "Turkistonning geologiyasiga oid materiallar" asarida yoritilgan.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |