Kontent qismiga oʻtish

Viktor Rozen

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Rozen Viktor Romanovichdan yoʻnaltirildi)
Viktor Rozen

Viktor Romanovich Rozen [1849. 21.2(5.3), Tallin — 1908.10 (23) 1, Peterburg] — rus sharqshunosi, arabshunos. Rossiyada ilmiy sharqshunoslikning yangi maktabi asoschilaridan. Peterburg Fanlar akademiyasi akademik (1890). Peterburg universiteti shark, tillari fakultetini tugatgan (1870). 1872-yildan shu ftda privatdotsent, keyinchalik professor (1893—1902-yillardan dekan). 1885-yildan Rus arxeologiya jamiyatining sharq boʻlimiga boshchilik qilgan. "Zapiski vostochnogo otdeleniya Russkogo arxeologicheskogo obshestvo" ("Rus arxeologiya jamiyati sharq boʻlimining axborotnomasi") jur.ga asos solgan (1896).

R. arab mamlakatlari xalqlarining maʼnaviy madaniyatini (badiiy va ilmiy adabiyotlarni) tadqiq qilishda mamlakatlarning siyosiy tarixiga ham eʼtibor bergan; tarixiy manbalarni tadqiq etish va tanqidiy matnlarni tayyorlashda hozirgi zamon usullarini joriy etgan. Asosan, arab sheʼriyati, shuningdek, Sharkdagi musulmon va xristianlarning tarixi va madaniyati tarixiga oid asarlar yozgan. R.ning bir necha yirik asarlari arab va fors qoʻlyozmalarini oʻrganishga va tavsiflashga bagʻishlangan.[1]

  • Pamyati akademika V.R.Rozena, M.— L., 1947; Krachkovskiy I.Yu., Soch., t. 5, M.L., 1958.[2]
  1. "Rozen Viktor Romanovich" OʻzME. R-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  2. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil