Kontent qismiga oʻtish

Rung

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Runglardan yoʻnaltirildi)

Rung, runglar — turkiy xalqlarning qad. xitoy manbalaridagi nomi. Dastlab mil. av. 2ming yillikka oid manbalarda qayd etilgan. R. etnonimini yozish uchun qoʻllangan iyeroglif "odam", "jangchilar" kabi maʼnoni anglatgan. Mil.av. 15—8-asrlarga oid xitoy manbalarida R. kuyrung (guyrung, kunrung yoki kun chiqar tomondagi P.), shurung (gʻarbiy R.) kabi qismlarga boʻlingan. Keyinchalik shimolidagi turklar rungdi yoki dirung (turk jangchilari) deb nomlana boshlangan.

Mil. av. 2-asrda yozilgan "Shiji" ("Tarixiy xotiralar") asarining Shiya xonlari (taxminan mil. av. 2197—1766-yil) tazkirasida gʻarbiy R.ning Kunlun, Shichji, Chusoʻv, Chjipi kabi 4 xonligi borligi koʻrsatilgan. Keyinchalik Dali, Yichu kabi gʻarbiy R. davlatlarining to 3-asrga qadar Gansu (Kengsu) oʻlkasida mavjud boʻlgani aytilgan. R. di, (turk jangchilari) atamasi mil. av. 4-asrdan isteʼmoldan chiqib "xu" atamasi ishlatilgan. Hunlar xoqonligi tashkil topgach, shimolida yashagan xular, yaʼni R.dilar "hun" ("shyunnu", "syunnu") deb nomlangan.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil