Husni Rustamov
Husni Rustamovich Rustamov (1910.21.3, Toshkent) — kimyogar olim. Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi akademik (2000). Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan va texnika arbobi (1967). Kime fanlari doktori (1954), professor (1955). Oʻrta Osiyo universitetni tugatgan (1932). Urush qatnashchisi (1941—45). Toshkent Politexnika instituti fizik-kimyo kafedrasi mudiri(1945 — 86), profkonsultant (1987-yildan). Asosiy ilmiy ishlari kislotaasos katalitik reaksiyalarining kinetikasi va mexanizmi hamda adsorbsiya jarayonlarini oʻrganishga oid. R. metallarni ekstraksiya va choʻktirish yoʻli bilan ajratish jarayoni muvozanati, kinetikasi va mexanizmini tekshirish natijasida kobalt, nikel va volframni turli qoʻshimchalardan tozalash va ularni bir-biridan ajratish texnologiyalarini ishlab chiqdi. Maktab va oliy oʻquv yurtlari uchun kimyodan darslik va qoʻllanmalar muallifi.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Umumiy ximiya [darslik], 2nashr, T., 1969; D.I.Mendeleyevning davriy qonuni va elementlar davriy sistemasi, T., 1969; Fizik kimyo [darslik], T., 2000; Texnologik jarayonlarning fizik-kimyoviy asoslari [darslik], T., 2001; Fizik kimyodan masalalar va misollar toʻplami. T., 2003.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |