Kontent qismiga oʻtish

Benzoil peroksid

Vikipediya, erkin ensiklopediya
(S6n5sooodan yoʻnaltirildi)

Benzoil peroksid, (C6H5CO2)2 — organik birikma. Mol. m. 242,23; rangeiz kristallar. Zichligi 1334 kg/m3, suyuqlanish temperaturasi 106 — 108°. Suvda, spirtda yomon, atseton (15,7%), metiletilketon (16,0%), benzol (15,8%) va stirolda (12,5%) yaxshi eriydi. Qizdirilganda va ultrabinafsha nurlar taʼsirida portlab parchalanadi. Benzoil peroksid gidrolizlanganda benzoy kislota va benzoil gidroperoksid hosil boʻladi. Benzoil peroksid benzoil xloridga ishqor ishtirokida vodorod peroksid taʼsir ettirib olinadi. Toʻyinmagan birikmalar (akrilonitril, stirol, vinilxlorid va boshqalar)ni polimerlashda foydalaniladi. Hidni ketkazish, shuningdek yogʻ, moy va boshqa oziq-ovqatni rangeizlantirish uchun Benzoil peroksid "lutsidol" degan nom bilan ishlatiladi.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil