Kontent qismiga oʻtish

Benzil xlorid

Vikipediya, erkin ensiklopediya
(S6nsn2s1dan yoʻnaltirildi)

Benzil xlorid (xlormetil benzol), S6NSN2S1 — organik birikma. Mol. m. 126,59. Oʻtkir gʻidli rangsiz suyuqlik. Zichligi 1100 kg/m3, suyuqlanish temperaturasi — 39°, qaynash temperaturasi 179°. Suvda erimaydi; spirt, xloroform va boshqa organik erituvchilarda yaxshi eriydi. Suv qoʻshib qizdirilganda sekin-asta gidrolizlanib, benzil spirt hosil qiladi. Nukleofil va elektrofil almashinish reaksiyalariga oson kirishadi. Kuchsiz oksidlovchilar taʼsirida benzaldegidga aylanadi. Sanoatda tarkibida 1% RS13 boʻlgan toluolni katalizator ishtirokida 90 — 100° gacha qizdirib, undan xlor oʻtkazib olinadi. Benzil xlorid plastmassa, plyonka, elektr izolyatsion qoplama va lok ishlab chiqarishda foydalaniladigan benzil spirt, benzoy kislotaning murakkab efirlari, benzilsianid va ayniqsa benzilsellyuloza olish uchun ishlatiladi.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil