Kontent qismiga oʻtish

Trinitrotoluol

Vikipediya, erkin ensiklopediya
(S7n5 O6n3dan yoʻnaltirildi)

Trinitrotoluol, trotil, tol, C7H5 O6N3 — portlovchi modda; rangsiz, lekin saqlanganda sargʻayadigan kristall. Mol. m. 227,13. Atseton va benzolda yaxshi, suvda oz eriydi; suyuqlanish temperaturasi 80,85°, zichligi 1641 kg/m3 (25° da). Kimyoviy barqaror, uzoq vaqt mobaynida parchalanmaydi va portlash xususiyatini yoʻqotmaydi. Portlaganda koʻp miqdorda zaharli uglerod (II)oksid (CO) hosil boʻladi. T. toluolni nitrat va sulfat kislota aralashmasi bilan nitrolab hosil qilinadi. T. oʻqdorilarda va portlatish ishlarida qoʻllanadi.[1]

  1. „Trinitrotoluol“ OʻzME. T-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil