Kontent qismiga oʻtish

Sankt-Peterburg davlat universiteti

Vikipediya, erkin ensiklopediya
(SPDUdan yoʻnaltirildi)
Asos solingan sanasi 1819-yil

Sankt-Peterburg davlat universiteti (ruscha: Санкт-Петербургский государственный университет) — Rossiyadagi yirik oliy oʻquv yurtlaridan biri, ilmiy markaz.

1819-yil Bosh pedagogika instituti negizida tashkil etilgan. 1820-yil ochilgan. Dastlab falsafayuridik, tarixfilol., fizikamatematika ftlari boʻlgan. 1854-yil sharq tillari fakulteti tashkil etilgan. universitet podsho Rossiyasining yetakchi ilmiy va madaniy markazlaridan biri hisoblangan. universitetda N. G. Chernishevskiy, D. I. Pisarev, I. P. Pavlov, K. A. Timiryazev, I. I. Mechnikov, N. N. MikluxoMaklay, V. V. Veresayev, A. A. Blok, D. Bedniy, A. S. Serafimovich, A. N. Benua, M. A. Vrubel, M. I. Glinka, A. K. Glazunov, V. I. Kachalov va boshqa taʼlim olgan. XX asrning 60 -yillaridan 2-oʻquv ilmiy majmua (Vasilyev o. va Petrodvorets) tizimidir. Fizika, matematika, kimyo, biologiya, geologiya, geografiya, tarix, falsafa, psixologiya, filologiya, sharqshunoslik, siyosatshunoslik, huquq va boshqa ixtisosliklar boʻyicha mutaxassislar tayyorlaydi. Universitetda 17 ft, 200 ga yaqin kafedra, 10 ilmiy tadqiqotlar instituta, 200 ilmiy tadqiqotlar laboratoriya va stansiya, rasadxona, 2 muzey, ilmiy kutubxona (4 milliondan ortiq asar), nashriyot, rus tili markazi, bir nechta institut, oliy pedogogika kursi, gimnaziya, instituternatmaktab bor. Universitetda 17 mingga yaqin talaba taʼlim oladi, 4 mingdan ortiq ilmiy pedagogik xodim ishlaydi.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil