Kontent qismiga oʻtish

Saʼdulla Siyoyev

Vikipediya, erkin ensiklopediya
(Sa'dulla Siyoyevdan yoʻnaltirildi)

Saʼdulla Siyoyev (1939-yil 25-martda Qozogʻistoninng Turkiston shahri yaqinidagi Qarnoq qishlogʻida tugʻilgan — 2021-yilning 21-fevralida uzoq davom etgan kasallikdan soʻng 82 yoshida vafot etdi[1]) — yozuvchi, dehqon oilasida tugʻilgan. Qarnoqdagi oʻrta maktabda (1946—1956), Toshkent Davlat dorilfununida (1957—1962) oʻqidi. Saʼdulla Siyoyev Toshkent radiosida, respublika vaqtli matbuoti, „Mushtum“ satirik oynomasida ishladi. Hozirgi kunda u Oʻzbekiston uyushmasi Adabiyot jamgʻarmasi boshligʻidir.

Saʼdulla Siyoyev ijodi sheʼr yozishdan boshlanadi. Uning dastlabki sheʼri 1956-yilda „Qizil Oʻzbekiston“ roʻznomasida bosiladi.

  • „Qiz bolaning pandi“ (1963)
  • „Ming bir qiliq“ (1964)
  • „Charxpalak“ (1965)
  • „Uyimizga mehmon keldi“ (1966)

Saʼdulla Siyoyevning hikoyalarida bugungi qishloqlarimiz hayoti, yoshlar sevgisi yaxshilik va muruvvat kabi insoniy tuygʻular ulugʻlanadi.

Hikoyalar toʻplamlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  • „Qasam ichmagan yigit“ (1970, birinchisi, lirik va hajviy-yumoristik)
  • „Sadagang ketay“ (1972)
  • „Toʻylar muborak“ (1975)
  • „Oy borib, omon keeling“ (1976)
  • „Ogʻir vaznli janjalkash“
  • „Erkaklar uchun ertaklar“

Ularda yozuvchi zamondoshlarimizning mehnat faoliyatini, xarakteri va insoniy histuygʻularini ardoqlaydi.

Qissa va hikoyalar toʻplamlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  • „Yorugʻlik“ (1986)
  • „Beparvo boʻlmoqchiman“ (1990)
  • „Majnuntolning novdasi“ (1989, Hamza nomidagi mukofotga tavsiya etilgan)
  • „Avaz“ (1987)
  • „Turkistonlik avliyo“ (hozida, tarixiy, Ahmad Yassaviy haqida)

Rus tilidagi toʻplamlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  • „Sneg na golovu“ (1988)
  • „Skazki dlya mujchin“ (1989)

Saʼsulla Siyoyev hikoyalari rus, qozoq, qirgʻiz, tojik tillariga tarjima qilingandir. Ayni chogʻda u Mixail Zoshchenko, Leonid Lench, Ark. Arkanov, G, Gorin kabi yozuvshlarning koʻplab hikoyalarini oʻzbek tiliga tarjima qilgan[2].

  1. „Таниқли адиб Саъдулла Сиёев 82 ёшда вафот этди“. Bugun.uz. 2021-yil 9-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 22-fevral. (Wayback Machine saytida 2021-07-09 sanasida arxivlangan)
  2. Sobir Marvaliyev. Oʻzbek adiblari. T.: „Fan“, 1993