Kontent qismiga oʻtish

Saʼd Haririy

Vikipediya, erkin ensiklopediya
(Saad Xariridan yoʻnaltirildi)
Saʼd Haririy
arabcha: سعد الدين رفيق الحريري
Livan bosh vaziri
Mansab davri
18-dekabr 2016-yildan – 21-yanvar 2020-yilgacha
Oʻtmishdoshi Tammom Salom
Vorisi Hasson Diyob
47-Livan bosh vaziri
Mansab davri
9-noyabr 2009-yildan – 13-iyun 2011-yilgacha
Oʻtmishdoshi Fuod Sinyura
Vorisi Najib Miqotiy
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 18-aprel 1970-yil (1970-04-18) (54 yosh)
Ar-Riyod, Saudiya Arabistoni
Siyosiy partiyasi Kelajak uchun harakat
Onasi Nizol al-Boʻstoniy
Otasi Rafiq Haririy
Dini Islom (sunniylik)
Maʼlumoti Jorjtaun universiteti

Saʼduddin Rafiq al-Haririy (18-aprel 1970-yil tugʻilgan) — livanlik milliarder va siyosatchi. Livan bosh vaziri (2009-2011, 2016-2020). Suiqasd orqaili oʻldirilgan sobiq Livan Bosh vaziri Rafiq Haririyning ikkinchi oʻgʻli. Otasining oʻlimidan soʻng u otasi tomonidan tashkil etilgan „Kelajak uchun harakat“ partiyasini, shuningdek M14 Livan koalitsiyasini boshqargan. U bir necha-yil chet elda boʻldi. 2014-yil 8 avgustda Livanga qaytib keldi va 2016-yil 3-noyabrda u bosh vazir etib tayinlandi.

Dastlabki-yillar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Saʼd Haririy Rafiq Haririyning oʻgʻli va uning birinchi rafiqasi Nidol al-Boʻstoni (asli Iroqdan) boʻlgan oʻgʻli, u Saudiya Arabistonining ar-Riyod shahrida tugʻilgan va voyaga etgan. Arab tilidan tashqari, ingliz va fransuz tillarida ham soʻzlashadi. Jorjtaun Universitetini Biznes boshqaruvi mutaxassisligi boʻyicha tugatgan. Keyin u Livanga qaytib keladi va otasining oʻldirilishigacha uning biznesida qatnashadi. 2005-yil fevralida otasi oʻldirilganida, uning boyligi 4,1 milliard dollarga yetadi. Forbes jurnaliga koʻra, u dunyoning eng boy odamlari roʻyxatida 522-oʻrinda turadi.

Haririy siyosiy karyerasidan oldin Yaqin Sharq va Afrikada telekommunikatsiya taʼminotchisi „Oger Telekom“ning boshqaruv prezidenti boʻlib ishlagan. U „Omnia Holdings“ boshqaruvi raisi, „Oger International Entreprise de Travaux Internationaux“, „Saudi Oger“, „Saudi Investment Bank“, „Saudi Research and Marketing Group“ va „Future Television“ boshqaruv aʼzosi boʻlgan.

Siyosiy karyarasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2005-yil 20-aprelda Haririyning oilasi Saʼd Haririyning marhum otasi Rafik Haririy tomonidan asos solingan „Kelajak uchun harakati“ sunʼiy harakatini boshqarishini eʼlon qildi. U, shuningdek, bu ommaviy namoyishlar va Gʻarbning koʻmagi bilan 29 yildan keyin Livandan Suriya qoʻshinlarining olib chiqilishiga olib kelgan „kedr inqilobi“ dan keyin tashkil etilgan livanning M14 koalitsiyasiga rahbarlik qildi.