Kontent qismiga oʻtish

Ziyo

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Sadr Ziyodan yoʻnaltirildi)

Ziyo (taxallusi; asl ismsharifi Mirza Muham mal Sharif Sadr ibn Abdishukur) (1867—Buxoro—1932) — shoir, olim. Buxoro madrasalarida tahsil koʻrgan. Arab va fors tili grammatikasi, mumtoz adabiyot, tarix fanlarini, xattotlik sanʼatini puxta egallagan. "Tazkor ulashʼor" ("Sheʼriyat xotiranomasi", OʻzFASHI, inv. №1304) tazkirasini tuzgan. Asar nazmda yozilgan. Unda Ahmad Donish, Shamsuddin Mahmud Shoqin kabi shoir va olimlarning hayoti, ijodiga keng oʻrin berilgan. Asar Oʻrta Osiyo, xususan, 19-asr 2yarmi — 20-asr boshlaridagi Buxoro adabiy muhitini oʻrganishda muhim manba hisoblangan. 3. "Tazkirat ushshuaroi mutaqaddimin va salatini maosirin va buzurgoni mutavarrin" ("Oʻtmish va hozirgi zamon shoirlari, sultonlari tazkirasi"), "Shuaroi mutaaxxirin va fuzaloi maosirin" ("Soʻnggi davr shoirlari va zamondosh fozillar"), "Tazkirat ulhukamo" ("Hokimlar tazkirasi"), "Navodiri ziyoiya" ("Ziyo nodirliklari") kabi adabiyot, tarix, geografiyaga oid asarlar muallifi.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil