Kontent qismiga oʻtish

Jamolzoda

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Said Muhammad Alidan yoʻnaltirildi)

Jamolzoda, Said Muhammad Ali (1890, Isfahon sh., Eron, — 1992, Jeneva, Shveysariya) — yozuvchi. Isfahon, Tehron va Fransiyada oʻqigan. Huquqshunoslik d-ri. Adabiy faoliyati 20-y.lardan boshlangan. Birinchi hajviy hikoyalar toʻplami — "Bir bor ekan, bir yoʻq ekan" (1921) bilan hozirgi Eron hajviy prozasini boshlab bergan. Hikoyalarida Erondagi turli tabaqa vakillari qiyofasi tasvirlangan. J. "Husayn Ali amaki" (1942), "Achchiq va shirin" (1955) kabi hikoyalar toʻplamlari va "Jinnixona" (1942), "Mahshar sahrosi" (1944), "Kultashandevon" (1945), "Suv yoʻli" (1947), "Ungi-chapi bir xil mato" (1955) kabi qissalar, shuningdek, qator pyesalar va maqolalar muallifi. U Shiller, Molyer va b. yozuvchilarning asarlarini forschaga tarjima qilgan. J.ning bir qancha asarlari oʻzbek tilida nashr qilingan.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil