Kontent qismiga oʻtish

Oʻlmas Saidjonov

Vikipediya, erkin ensiklopediya
(Saidjonov Oʻlmasdan yoʻnaltirildi)

Saidjonov Oʻlmas (1951-yil 10-yanvar, Kitob tumani, Tuyaboshi qishlogʻi 2016-yil 13-fevral, Toshkent[1]) — Oʻzbekiston xalq hofizi (1993). Qarshi davlat pedagogika instituni (1974), Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutini tugatgan (1981). 1994-yildan Muhiddin Qoriyoqubov nomidagi Oʻzbek davlat filarmoniyasi (1996-yildan akademik va xalq badiiy jamoalar direksiyasi)ning direktori, ayni paytda, 1996—2001-yillar „Oʻzbeknavo“ birlashmasi direktori oʻrinbosari. Kuchli, yorqin va jozibali ovoz sohibi. Repertuaridan oʻzbek mumtoz ashulalari („Feruz“, „Guluzorim“, „Mustahzod“, „Girya“ va boshqalar) va zamonaviy bastakorlar asarlari („Onajonim“, „Furqat nidosi“, „Temur bobom“, „Bogʻi jahonnoma“, „Beminnat“, „Nigorim“, „Surating“ kabi) oʻrin olgan. 2-chaqiriq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi deputati. „Sharq taronalari“ xalqaro musiqa festivali YUNESKOning maxsus mukofoti sovrindori. Saidjonov ijodiga bagʻishlangan telefilm („Oʻzbekiston xalq hofizi O`lmas Saidjonov kuylaydi“) ishlangan (1996, Oʻzbekiston televideniyesi). "El-yurt hurmati" ordeni bilan mukofotlangan (1998).[2]

  1. „daryo.uz“. 4-avgust 2018-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 4-avgust 2018-yil.
  2. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil