Murodulla Saidov
Murodulla Saidov (1935.25.4, hozirgi Mirishkor tumani Jeynov qishlogʻi) — qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishi tashkilotchisi. Oʻzbekiston Qahramoni (2002), Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan qishloq xoʻjaligi xodimi (1999). Samarqand qishloq xoʻjaligi instituti agronomiya ftini tugatgan (1957). 195770-yillarda Beshkent, Denov tumanlaridagi jamoa xoʻjaliklarida agronom, Qarshi tumani ijroiya qoʻmitasiraisi(1970—72). Qashqadaryo viloyati qishloq xoʻjaligi boshqarmasi boshligʻi (1972—73), Kasbi tumani partiya qoʻmitasining 1-kotibi (1973—75), 1975—86 yillarda turli xoʻjaliklarda rahbarlik lavozimlarida ishladi. 1986-yildan U. Yusupov (hozirgi Mirishkor) tumanidagi Jeynov shirkat xoʻjaligi boshqaruvi raisi. S. rahbarligida xoʻjalik katta iqtisodiy yutuklarga erishdi. Xoʻjalik yuritishning yangi usullaridan foydalanish, aholining turmush darajasini koʻtarish va farovonligini oshirishda muhim ishlar amalga oshirildi. Xoʻjalikda sut mahsulotlarini qayta ishlaydigan qoʻshma korxona, oʻrta maktab binolari, madaniyat saroyi, yoshlar sport majmuasi, bolalar bogʻchalari, choyxonalar, kasalxona, savdo markazlari, dehqon bozori, maishiy xizmat koʻrsatish uyi, 100 oilaga moʻljallangan kooperativ uyjoy binolari qurildi. Qishloqlarni obodonlashtirish, tabiiy gaz va toza ichimlik suv bilan taʼminlash ishlari bajarildi. Amir Temur nomidagi 60 gektarli bog barpo etildi. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining deputati (1990— 94), "Mehnat Shuhrati" ordeni bilan mukofotlangan (1999).[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |