Muxtor Saidov
Muxtor Safarboyevich Saidov (1930.26.11, Mangʻit shahri — 23.03.2020, Toshkent) — fizik olim, Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi akademik (1984), Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1980), fizikamat, fanlari doktori (1970), professor (1982). Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Elektronika instituti direktori (1978— 85), Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Prezidiumi fizikamat, fanlari bulimining akademik kotibi (1985— 89), Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Fizikatexnika instituti labratoriya mudiri (1960-yildan). Asosiy ilmiy ishlari koʻp komponentli ikki fazali tizimlarda kimyoviy elementlarning uzaro taʼsirlari va taqsimlanish qonuniyatlarini aniklashga; eritmalarning molekulyarstatistik nazariyasini, yarimutkazgich materiallardan kremniyni, kremniygermaniyning qattiq eritmalari va boshqalarni oʻrganishga; yorugʻlanuvchi, nurlarni sezuvchi, quyosh energiyasini elektr energiyasiga aylantiruvchi yarimutkazgich asboblar fizikasi va texnologiyalari muammolarini yechishga bagʻishlangan. Beruniy nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti laureati (1992).[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |