Kontent qismiga oʻtish

Saksoniya-anxalt

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Saksoniya-Anxaltdan yoʻnaltirildi)

Saksoniya-anxalt— Germaniya yeri (federativ birlik). Elba daryosi havzasida. Maydoni 20,4 ming km². Axoliyey 2,5 mln. kishi (2001). Maʼmuriy markazi — Magdeburg sh. S.A. hududining katta kismi Magdeburg tekisligida joylashgan boʻlib, jan.gʻarbda Gars togʻlariga oʻtib boradi. Fleming togʻlari S.A.ning sharkiy chegarasi hisoblanadi. S.A. mustakil yer sifatida qisqa tarixga ega. U 1947-yildan 1952-yilgacha mavjud boʻlgan va 1990-yil 3 oktabrda Germaniya birlashganidan soʻng qayta tashkil etilgan. S.A. tarkibidagi baʼzi xududlar Germaniyaning qad. madaniyat markazlaridan hisoblanadi. S.A.ning shimolidagi Altmark Brandenburg kul ostida boʻlgan. Janubiy va sharqida Saksoniya hukmronlik qilgan. Anxolt yeri 1212-yilda yuzaga kelgan. S.A. — mamlakatning eng shim. uzumchilik rayoni. Magdeburg tekisligining unumdor tuprogʻida donli ekinlar, qand lavlagi, kartoshka, sabzavotlar ekiladi. S.A.da oziq-ovqat sanoati korxonalari, xususan, qand zavodi koʻp. Ogʻir va transport mashinasozligi, kimyo sanoatlari rivojlangan. Dessauda samolyot ishlab chiqariladi.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil