Kontent qismiga oʻtish

Zokirjon Salimov

Vikipediya, erkin ensiklopediya
(Salimov Zokirjondan yoʻnaltirildi)
Zokirjon Salimov
Tavalludi 31-dekabr 1940
Vafoti 5-oktyabr 2015

Salimov Zokirjon (31.12.1940, Oʻsh — 5.10.2015, Toshkent) — kimyogar olim, Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi akademik (1987), Texnika fanlari doktori (1976), professor (1979). Toshkent politexnika institutini tugatgach (1962), aspirant (1964— 67), katta oʻqituvchi (1967—70), dotsent (1970—77), professor (1977—80), kafedra mudiri (1980—85). Oʻzbekiston Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri oʻrinbosari (1985—87), Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi vitse-prezidenti (1987—90), Kimyo instituti (hozirgi — Umumiy va noorganik kimyo instituti) direktori (1990-yildan). "Kimyoviy texnologiya jarayonlari va qurilmalari" laboratoriyasi mudiri (1989—2015). Asosiy ilmiy ishlari kimyoviy texnologiyaning gidrodinamik, issiqlik va moddalar almashinuvi, katalitik jarayonlarni turli omillar taʼsirida jadallashtirish nazariyasi va amaliyotiga oid. S. rahbarligida yuqori samarali mavhum qaynash qatlamli chang ushlagichlar, pnevmotransport va separatsion qurilmalar ixtiro qilingan, tabiiy yogʻ kislotalarini rektifikatsiya yoʻli bilan ajratish va plastinkali issiqlik almashinish qurilmalari yuzasini tozalash usullari ishlab chiqilgan.

Isteʼdodli olim oʻzining qariyb 50 yillik ilmiy-pedagogik faoliyati davomida samarali mehnat qildi va yurtimizda kimyo-texnologiya sohasidagi dolzarb ilmiy masalalarni tadqiq etish, yuqori malakali kadrlar tayyorlash ishiga munosib hissa qoʻshdi. Z.Salimovning kimyoviy texnologiya jarayonlari va qurilmalari sohasining nazariy va amaliy masalalariga bagʻishlangan darslik va oʻquv qoʻllanmalari, koʻplab maqola va risolalari ilmiy jamoatchilikka yaxshi maʼlum. Ayniqsa, uning rahbarligida yaratilgan neft-gaz kondensati aralashmalarini suvsiz haydash texnologiyasi hozirgi kunda mamlakatimiz neftni qayta ishlash zavodlarida samarali qoʻllanayotganini taʼkidlash joiz.

Olimning bevosita boshchiligida oʻnlab fan doktorlari va fan nomzodlari tayyorlangan.

  • Kimyoviy texnologiyaning asosiy jarayonlari va qurilmalari [2 j.li], T., 1994, 1995; Polifunksionalnie katalizatori i gidrogenizatsionnie protsessi neftepererabotki, (v soavtorstve) T., 2000.