Kontent qismiga oʻtish

Salmonxoʻja Samarqandiy

Vikipediya, erkin ensiklopediya
(Salmonxoʻja samarqandiydan yoʻnaltirildi)

Salmonxoʻja Samarqandiy (XIX asr) — tarixchi olim. Samarqand qozikaloni Abdulxay xonadonida tugʻilgan. Samarqand va Buxoroda Madrasa tahsilini olgan. Buxoro amiri Muzaffarning farmoni bilan "Tafsil va bayoni davlati jamoa Mangʻit azzamoni Rahimxon" ("Rahimxon davridan boshlab Mangʻitlar davlatining tafsili va bayoni") asarini yozib, unda mangʻitlar sulolasi tarixi Muhammad Rahim davridan boshlab to podsho Rossiyasi bosqini — 1868-yilgacha muxtasar bayon qilingan. Asarning qoʻlyozma nusxasi Sankt-Peterburgdagi Sharqshunoslik instituti fondida saqlanadi.

  • Abdullayev I., Hikmatullayev H., Samarqandlik olimlar, T., 1969.[1]
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil