Kontent qismiga oʻtish

San Juan (Puerto-Riko)

Koordinatalari: 18°27′55″N 66°7′0″W / 18.46528°N 66.11667°W / 18.46528; -66.11667
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(San-xuandan yoʻnaltirildi)
San Juan
18°27′55″N 66°7′0″W / 18.46528°N 66.11667°W / 18.46528; -66.11667
[[File:|290px|San Juan xaritada]]

San-Juan – Puerto-Rikoning maʼmuriy markazi, Puerto-Riko orolining shimoliy sohilida joylashgan yirik port. Aholisi 438 ming kishi (1995, shahar atrofi bilan 1 mln. kishi). Mamlakatning sanoat, savdo va madaniy markazi. Iqlimi tropik iqlim, yanvarning oʻrtacha temperaturasi 24°, iyulniki 28°. Yillik yogʻin 1550 mm. Transport yoʻllari tuguni. Aeroporti xalqaro ahamiyatga ega.

Port orqali chetga shakarqand, rom, tamaki, kofe, sabzavot va mevalar eksport qilinadi. Oziq-ovqat, koʻnpoyabzal, toʻqimachilik, mashinasozlik, sement, neftni qayta ishlash va kimyo sanoati korxonalari bor. Shaharga 1508-yilda asos solingan va dastlab Kaparra, 1521-yildan yangi joyga koʻchirilib Puerto-Riko (ispancha – boy port) deb nomlangan. Keyinchalik orolni Puerto-Riko, shaharni esa San Juan deb atay boshlaganlar. Meʼmoriy yodgorliklardan qasrlar (1533), sobor (1540—87), cherkov (1929) saqlangan. Universitet, Ispan tili akademiyasi, Puerto-Riko madaniyati instituti, kutubxona, muzey va teatrlar bor[1].

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil