Kontent qismiga oʻtish

Sandra (qoʻshiqchi)

Vikipediya, erkin ensiklopediya
(Sandra (xonanda)dan yoʻnaltirildi)
Sandra
Sandra 2007-yilda
Sandra 2007-yilda
Umumiy maʼlumot
Tavalludi Sandra Ann Lauer
18-may 1962-yil (1962-05-18) (62 yosh)
Janrlar
Kasbi Qoʻshiqchi
Faoliyat yillari 1975 – hozirgacha
Leybllar Virgin
Fuqaroligi Fransiya
Turmush oʻrtogʻi Michael Cretu
Veb-sayt sandra-music.com

Sandra Ann Lauer (1962-yil 18-mayda tugʻilgan) — Sandra (nemischa talaffuzi: [ˈzandʁa]) taxallusi bilan mashhur nemis pop-xonandasi. Turmush oʻrtogi va musiqiy hamkori Michael Cretu uning eng mashhur „(I’ll Never Be) Maria Magdalena“ (1985), „In the Heat of the Night“ (1985), „Everlasting Love“ (1987), „Secret Land“ (1988), „Hiroshima“ (1990) and „Donʼt Be Aggressive“ (1992) qoʻshiqlarining prodyuseri. Uning Into a Secret Land (1988) va Close to Seven (1992) albomlari Sandraning tanqidiy eʼtirofiga sazovor boʻldi. [4]

Yakkaxon karyerasini boshlashdan oldin Sandra Yaponiya va Sovet Ittifoqida juda koʻp muxlislarga ega boʻlgan Arabesque triosining bosh qoʻshiqchisi edi. Bundan tashqari, 1990 va 2001-yillar orasida u Shimoliy Amerika va Buyuk Britaniyada eng yaxshi 10 ta hitga ega boʻlgan juda muvaffaqiyatli Enigma musiqiy loyihasining albom relizlarida ishtirok etdi. Mashhurlik choʻqqisida u hatto dunyoning bir qator mamlakatlarida Madonnadan koʻproq disk sotishga muvaffaq boʻldi. Butun dunyo boʻylab 33 milliondan ortiq disk sotilishi bilan Sandra oʻzining eng muvaffaqiyatli nemis ayol pop-xonandasi sifatida oʻz mavqeini mustahkamladi.[5][6]

Sandra in 2007
Sandra 2007-yilda

Shaxsiy hayoti

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Sandra va Michael Cretu 1988-yil 7-yanvarda turmush qurishdi. 1995-yilning iyul oyida egizak oʻgʻil farzand koʻrishdi. Ular 2007-yilning noyabrida „shaxsiy va kasbiy kelishmovchilik“ sabab ajrashishdi.

Kretu 2009-yilning may oyidan beri Germaniyada yashaydi. Sandra 2010-yilda musiqa prodyuseri Olaf Mengesga turmushga chiqdi [7] 2014-yilda ular ajrashishdi. [8]

Diskografiyasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  • The Long Play (1985)
  • Mirrors (1986)
  • Into a Secret Land (1988)
  • Paintings in Yellow (1990)
  • Close to Seven (1992)
  • Fading Shades (1995)
  • The Wheel of Time (2002)
  • The Art of Love (2007)
  • Back to Life (2009)
  • Stay in Touch (2012)
  1. Spahr, Wolfgang (18-noyabr 1995-yil). „The Force Behind the Hits: Germany's Top Tunesmiths“. Billboard. 107-jild, № 46. 78-bet. ISSN 0006-2510.{{cite magazine}}: CS1 maint: date format ()
  2. Khan, Andrew. „Sounds of Germany – day one: a history of German pop in 10 songs“ (25-iyun 2012-yil). Qaraldi: 29-yanvar 2017-yil.
  3. German, Yuri „Arabesque – Artist Biography“. AllMusic. Qaraldi: 29-yanvar 2017-yil.
  4. „Albums by Sandra“. Rate Your Music. Qaraldi: 2010-yil 23-avgust.
  5. „Sandra – Infinite Kiss“ (pl). onet.pl. Qaraldi: 2013-yil 19-iyul.
  6. „Popsängerin Sandra meldet sich mit neuem Album zurück“ (de). vip.de. Qaraldi: 2021-yil 20-mart.
  7. „Sandra: Sie hat heimlich geheiratet“ (de). www.bunte.de. Qaraldi: 2013-yil 23-iyul.
  8. „Sängerin Sandra: Trennung von Ehemann Nr. 2!“ (de). www.bild.de. Qaraldi: 2014-yil 2-sentyabr.