Sandal daraxti
Qiyofa
(Santal daraxtidan yoʻnaltirildi)
Sandal daraxti, santal daraxti (Santalum album.) — marjonoʻtdoshlar oilasiga mansub doim yashil oʻsimlik. Boʻyi 10 m, aylanasi 1–2 m. Soʻruvchi organi (gaustorlar) yordamida bambuk, shakarqamish, kokos palmasi kabi oʻsimliklar ildiziga birikib, yarim parazitlik qiladi (mustaqil oʻsishi ham mumkin). Bargi choʻziq, tuksiz, qaramaqarshi joylashgan. Gullari mayda, dastlab sariq, keyin toʻq qizil tusda boʻladi. Toʻpguli roʻvaksimon. Mevasi bir urugʻli yongʻoq. Malakka yarim oroli, Malayya arxipelagi va Hindixitoyda tarqalgan. Janubiy Hindistonning tropik qismida oʻstiriladi. Poya va ildizida atirupa sanoatida ishlatiladigan 3—6% efir moylari bor. Yogʻochi har xil maqsadlarda ishlatiladi.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |