Kontent qismiga oʻtish

Sortepa

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Sartepadan yoʻnaltirildi)

Sortepa (Sartepa — qadimgi qalʼa — qoʻrgʻon harobasi, mil. 1—8-asrlar). Andijon viloyati Baliqchi tumani markazidan 1,5 km janubida Qoradaryo oʻzanida joylashgan. Ilk bor Davan podsholigi paytida paydo boʻlgan, soʻngra kengayib dehqonchilik vogʻasining oʻziga xos markaziga aylangan. Bunga uning qulay geografik hududda — Qoradaryoning unumdor oʻzanida joylashgani sabab boʻlgan boʻlishi kerak. Hozirgi yodgorlikdan ark kiyem va uning yaqinida ikkita mayda tepa saqlanib qolgan. Ark maydoni 1,7 ga boʻlib, undagi madaniy qatlam qalinligi 6,5 m ni tashkil etadi. S. 4 tomondan qalin paxsa devor bilan oʻrab olingan. Sharqiy devor tomonda darvoza oʻrni koʻrinib turadi. Arxeologik qazishmalar natijasida uchta kurilish davriga oid meʼmoriy qoldiqlar va ashyoviy dalillar aniklangan. Yodgorlik 8-asr boshlarida arablar istilosi paytida buzib yuborilgan.[1]

  1. "Sortepa" OʻzME. S-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil